Toshkentda ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi ushlandi

Toshkentda ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari joriy yilning 17 iyun kuni ayol kishini urib yuborib, birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan yashiringan haydovchini qo‘lga oldi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, YTH 17 iyun kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasida soat taxminan 23:40da sodir bo‘lgan.

Oq rangli “Spark” avtomashinasi haydovchisi 38 yoshli piyodani urib yuborgan hamda jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan yashiringan. YTH natijasida jabrlangan piyoda shifoxonaga yetkazilgan hamda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 
Voqea joyida piyodani og‘ir ahvolda qoldirib qochib ketgan haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.SH. aniqlanib, hozirda qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Uchtepa tumani IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!