Toshkent viloyatida Tursunoy Oxunova memorial muzeyi ochildi

Toshkent viloyatida Tursunoy Oxunova memorial muzeyi ochildi

O‘za ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyati Chinoz tumanida terimchi - mexanizator Tursunov Oxunova memorial muzeyi ochilgan.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, Tursunoy Oxunovaning oila a’zolari ishtirok etishgan. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov so‘zga chiqqan.

O‘z davrining qahramoni bo‘lgan Tursunoy Oxunovaning hayot yo‘li, mehnat faoliyatini chuqur o‘rganish yoshlar uchun katta saboqdir. Chinozlik terimchi-mexanizator o‘z davrining timsoliga aylangan, eng mashhur va faol ayollaridan biri bo‘lgan. Uning serqirra va murakkab hayot yo‘li o‘zbek ayollari uchun mehnatsevarlik namunasi, mardlik va jasorat maktabi hisoblangan.

Tadbirda Tursunoy Oxunovaning dovruqli yillari, o‘sha davrdagi alamli holatlar, yillar o‘tgach yuzaga chiqqan haqiqatlar haqida so‘z borgan. Ayniqsa, yosh qahramon qiz Tursunoyni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, birga katta bo‘lgan dugonalari, mahalladoshlari tomonidan yaxshi xotiralar eslanib, marhumning haqiga Qur’on tilovat qilingan.

Tursunoy Oxunova haykali poyiga gul qo‘yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirilgan.

Manba: uz24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!