Toshkent "Bosch" nemis kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent "Bosch" nemis kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

11 oktyabr kuni Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha "Robert Bosch" AJ bosh direktori Xans Yurgand Overshtols boshchiligida "Bosch" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Turon24.

Unda qozonxonalarni rekonstruksiya qilish hajmini aniqlash, ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni muhokama qilishga kelishib olindi. Bundan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, shu jumladan, issiqlik ta’minoti uchun quyosh kollektorlaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida janob Overshtols ishtirokchilarni kompaniyaning ishlab chiqargan mahsulotlari, shuningdek, MDHda faoliyat ko‘rsatadigan bo‘linmalar bilan tanishtirdi.

2018 yilning fevralida O‘zbekistonda "Bosch" Germaniya kompaniyasining vakolatxonasi ochilgan. "Bosch Thermotechnology"ning bevosita ishtiroki bilan "Bunyodkor" stadioni, Vestminster universiteti va "Nestle" zavodi uchun qozonxonalar qurilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!