Fransiyada qamoqxona furgoniga hujum qilindi

Fransiyada qamoqxona furgoniga hujum qilindi

Seshanba kuni Fransiya shimolida mahbusni olib ketayotgan qamoqxona furgoniga hujum uyushtirildi. Hujumchilar mashinada Fransiya qamoqxona xizmatining ikki zobitini otib o‘ldirgan, yana uch nafarini og‘ir yaralagan va mahbusga noma’lum tomonga qochishga yordam bergan, deb xabar beradi BBC.

Fransiya hukumati vakillari hozirda qochoqni faol qidirayotganliklarini ma’lum qilishdi: qidiruv ishlariga yuzlab polisiyachi va jandarmlar safarbar etilgan.

Prokuratura qochoqning ismi va yoshini aniqladi. U Muqaddam talonchilikda ayblangan 20 yoshli Muhammad Amr. U, shuningdek, o‘limga olib kelgan odam o‘g‘irlashda ayblangan.

Figaro gazetasining yozishicha, Amr jinoyat olamida «La Mush» (Chivin) laqabi bilan tanilgan va u odam o‘ldirishga suiqasddan tashqari, boshqa jinoiy ayblovlar – giyohvand moddalar bo‘yicha jinoyatlar uchun ham bir necha bor sudlangan.

Fransuz matbuotining yozishicha, qochqinning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar bilan aloqasi bor.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shossedagi voqea “hammani larzaga solganini” aytdi va bu jinoyat tashkilotchilarini topish uchun hamma narsa qilinayotganiga ishontirdi.

Mamlakatning BFMTV telekanaliga ko‘ra, Amr seshanba kuni ertalab Ruan sudida bo‘lib o‘tadigan sud majlisida ishtirok etish uchun qamoqdan ko‘chirilgan.

Sud majlisidan so‘ng mahbus minayotgan mashina Evre shahridagi qamoqxonaga yo‘l oldi.

Biroq mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida A154 pulli yo‘lidagi nazorat-o‘tkazish punktida avtomobilga hujum uyushtirilgan.

France Press agentligi xabariga ko‘ra, hujumchilar ikki mashinada qamoqxona karvoniga yetib kelgan va unga qarata o‘t ochgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!