Zamonaviy dunyoda yashayapmizku! Surxondaryoda otib o‘ldirilgan ayiq bo‘yicha ekologik partiya munosabat bildirdi

Zamonaviy dunyoda yashayapmizku! Surxondaryoda otib o‘ldirilgan ayiq bo‘yicha ekologik partiya munosabat bildirdi

Tabiatimizda sanoqli qolgan jonivorlardan yana biri otib o‘ldirildi.

To‘g‘ri, ayiq qo‘rqqanidan odamlar oralab, yugurib yuribdi. Kimgadir tajovuz qilishi mumkin bunday paytda. Istisno yo‘q. Lekin, aqlli va ongli inson adashgan hayvonni zararsizlantirib, yana tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishi mumkin ediku!

Qo‘ng‘ir ayiq tabiatimizda sanoqligina qolgan. Butun mamlakat bo‘yicha umumiy soni 300 taga ham yetmaydi. Buni maksimal saqlash choralarini ko‘rish kerak.

Oldin ham shunday voqea yuzasidan munosabat bildirgan edik. Yovvoyi hayvonlar yaqin yashaydigan tog‘li va tog‘oldi hududlar butun respublikamiz bo‘yicha nari borsa 20 tani tashkil qiladi.

Nahotki, Ekologiya, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaning tuman bo‘limlarida mana shunday holatlarda yovvoyi hayvonlarni uxlatuvchi uskunalar, dori vositalarini tashkil qilish orqali ularni zararsizlantirib, tabiatga qaytarishni iloji bo‘lmasa?

Axir biz zamonaviy dunyoda yashayapmizku! Mas’ul davlat idoralaridan bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishlarini so‘raymiz, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!