Sudyalar oliy kengashi qarori bilan navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tayotgani xabari berilgandi.

Kengash vakolatiga doir qator masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda ayniqsa, vakolati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, tavsiya etilgan yana bir guruh sudyalarni esa vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masala muhokamasi qizg‘in va keskin kechdi.

Yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Aliqulov Bahodir Arslanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Valiyev Dilmurod Ubaydullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

Polvanov Bahodir Xusainovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tuman sudining raisi lavozimiga;

Almamatov Temur Kuylibayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Doniyorov Ilyos Abdujabborovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi.

Bundan tashqari:

Kayumov Baxodir Erkinjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga ;

Baybekov A’zam Abdurashitovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Xasanov Dilshod Rozbayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Saydaxmedov Abbos Alijonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Sultanova Adila Xayritdinovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Xolikov Umidjon Abdumajitovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Latipov Usmon Yaxshiboyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Madraximov Faxriddin Adxamjon o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Ergashev Olim Shavkatovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Barakayev Oybek Nurullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!