Qodirov Checheniston parlamentiga yangi raisi tayinladi

Qodirov Checheniston parlamentiga yangi raisi tayinladi

Magomed Dudov o‘rniga Shaid Jamaldayev Checheniston parlamenti raisi bo‘ldi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.

Parlamentni 9 yil boshqargan Daudov bugun, 15 may kuni muddatidan oldin iste’foga chiqdi.

«Bugun Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat-Xajji Qodirovning ittifoqchisi bo‘lgan aziz va hurmatli Shaid Jamaldayev Checheniston Respublikasi parlamentining yangi raisi etib saylandi», — deb yozdi Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Shaid Jamaldayev 1954 yilda Shimoliy Qozog‘iston viloyati Oktyabrskoye qishlog‘ida tug‘ilgan. 1978 yilda Tog‘ qishloq xo‘jaligi institutini agronom mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2006 yilda siyosat fanlari nomzodi bo‘ldi. 2000-2009 yillarda Grozniy viloyati ma’muriyati rahbari bo‘lgan.

Faoliyati davomida u Checheniston rahbarining yordamchisi, milliy siyosat vaziri va Checheniston parlamenti deputati sifatida ham ishlagan. «Yagona Rossiya» fraksiyasi a’zosi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!