Vengriya birinchi bo‘lib Yevro-2024ga tarkibini e’lon qildi

Vengriya birinchi bo‘lib Yevro-2024ga tarkibini e’lon qildi

Vengriya milliy jamoasi birinchi bo‘lib Yevropa chempionati uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Darvozabonlar: Denesh Dibus («Ferensvarosh»), Peter Gulachi («Leypsig»), Peter Sappanosh («Paksh»)

Himoyachilar: Botond Balog («Parma»), Endre Botka («Ferensvarosh»), Marton Dardai («Herta»), Attila Fiola («Fehervar»), Adam Lang («Omoniya»), Villi Orban («Leypsig»), Attila Salai («Frayburg»)

Yarimhimoyachilar: Bendeguz Bolla («Servett»), Mixay Kata (MTK), Milosh Kerkez («Bornmut»), Laslo Klyaynhaysler («Hayduk»), Adam Nad («Spesiya»), Jolt Nad («Akademiya Pushkash»), Loik Nego («Gavr»), Andrash Shefer («Union»), Kallum Staylz («Sanderlend»), Dominik Soboslai («Liverpul»).

Hujumchilar: Martin Adam («Ulsan»), Kevin Chobot («Uypesht»), Daniel Gazdag («Filadelfiya»), Kristofer Xorvat («Kechkemet»), Roland Shallai («Frayburg»), Barnabash Varga («Ferensvarosh»).

Ma’lumot uchun, qit’a chempionati 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyadagi 10 stadionda bo‘lib o‘tadi. Italiya turnirning amaldagi g‘olibi sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!