Surxondaryoda erkak meros uchun o‘z onasini o‘ldirdi. Unga sud hukm o‘qidi

Surxondaryoda erkak meros uchun o‘z onasini o‘ldirdi. Unga sud hukm o‘qidi

2023 yilning noyabr oyida sudlanuvchi va onasi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Qizini turmushga bergan marhuma ona merosning 40 foizini kuyoviga berishga va’da bergani bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda Zamon informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ona qizining eriga uy va avtomashina sovg‘a qilishini eshitgan o‘g‘il bundan g‘azablanadi. O‘g‘il uxlab yotgan onasining tanasiga bir necha bor pichoqlagan. O‘g‘il qo‘shni xonaga o‘tayotganda ingragan ovozni eshitib, orqasiga qaytadi. Ortga qaytgan o‘g‘il jon talvasasida yotgan ayolning bo‘yin sohasiga bir necha marta pichoq sanchadi. Shunday qilib 58 yoshli ona o‘z o‘g‘li tomonidan vahshiylarcha o‘ldiriladi.

Sud hukmiga ko‘ra, o‘g‘il JKning 97-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!