Erevanda yuzlab xavfsizlik kuchlari Pashinyanga qarshi miting tufayli shahar markazini to‘sib qo‘ydi

Erevanda yuzlab xavfsizlik kuchlari Pashinyanga qarshi miting tufayli shahar markazini to‘sib qo‘ydi

Erevanda yuzlab xavfsizlik kuchlari bosh vazir Nikol Pashinyanga qarshi miting tufayli shahar markazini to‘sib qo‘ydi.

Muxolifat bugun Pashinyan Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etayotgan Opera va balet teatriga tinch yurish uyushtirishni rejalashtirgan edi. Yuzlab polisiyachilar, jumladan maxsus kuchlar shahar markaziga kirishni to‘sib qo‘ygan. Teatr binosi yaqinida metall to‘siqlar o‘rnatilgan va uni tomida snayperlar ko‘ringan.

Yig‘ilganlar "Nikol, ket", "Pashinyan sotqin" degan shiorlar bilan bosh vazirdan namoyishchilar oldiga chiqishni talab qilishdi. Bir necha kishi hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!