Venesuela muzliklarsiz qoldi

Venesuela muzliklarsiz qoldi

Xorijiy OAV manbalariga ko‘ra, o‘tgan asrda mamlakatda 6 ta muzlik yo‘qolgan. Oxirgisi, La Korona deb ham ataladigan Gumboldt muzligi statik muz maydoni sifatida tan olingan, biroq u ham ikki gektargacha qisqargan, deb yozadi AZERTADJ.

AccuWeather portali keltirgan tadqiqotlarda iqlim o‘zgarishi muzliklarning erishiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan. 2020 yilgi tadqiqotga ko‘ra, 1952 va 2019 yillar oralig‘ida Venesuela muzliklari maydoni 98 foizga qisqargan. 1998 yilda muzliklarning chekinishi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi.

Ayni paytda Venesuela muzliklarsiz dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Venesuela rasmiylari muzliklarni saqlab qolishga harakat qilishdi, xususan, buning uchun turli usullardan foydalanishdi. Biroq, bu ish bermadi, iqlimshunoslar hatto mamlakat hukumatini atrof-muhitni ifloslantirishda aybladilar.

Mutaxassislarning fikricha, 2100 yilga borib dunyo muzliklarining 20-80 foizi yo‘qolishi mumkin. Bu ekotizimlarga ham, odamlarga ham ta’sir qiladi: dengiz sathi ko‘tariladi, iqlim o‘zgaradi va madaniy meroslar zarar ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!