Yapon qariyalari yolg‘izlikda vafot etayotgan holatlar ko‘paymoqda

Yapon qariyalari yolg‘izlikda vafot etayotgan holatlar ko‘paymoqda

Joriy yil birinchi choragida 22 mingga yaqin yaponiyalik o‘z uyida, yolg‘iz jon taslim qilgan.

Milliy polisiya agentligi xabariga ko‘ra, bu raqam har yili 68 mingdan ortib borishi, o‘zini jamiyatdan ajratish va e’tiborsiz qoldirish tufayli yolg‘iz vafot etayotganlar soni ortishi kutilyapti.

“Korisushi” (yolg‘iz qazo) atamasi Yaponiyada 1995 yil, Kobe zilzilasidan so‘ng ommalashdi. O‘shanda ko‘plab keksalar jamoatni tark etib, muvaqqat uylarda yashashga majbur bo‘lgan. Keyin ularning ba’zilari o‘zini ixotalab, g‘amxo‘rlikdan yoki yordam olishdan bosh tortgan.

“Korisushi” – hech kim bilmasdan jon berilishi va jasad ma’lum vaqtdan keyin topilishi kerak, degan ma’noni anglatadi. Yaponiya aholisi tez qariyotgani, bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi hozir 36 foizdan ko‘tarilgani sababli, bu holat yanada keng tarqalayotgan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayni muammo xotira va ruhiy holat bilan bog‘liq. Ya’ni, kishi parvarish olishdan bosh tortgan taqdirda ham, hukumat keksalarga yordam berish yo‘llarini topishi kerak.

2023 yil avgust oyida Yaponiya hukumati zarur choralar ishlab chiqish uchun hayotdan yolg‘izlikda ko‘z yumganlar o‘limi sabablarini o‘rganish bo‘yicha ekspert guruhini tuzgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!