Topuriya agar o‘rtaga BMF kamari qo‘yilmasa, Xolloueyga qarshi jang qilmaydi

Topuriya agar o‘rtaga BMF kamari qo‘yilmasa, Xolloueyga qarshi jang qilmaydi

Iliya Topuriya agar o‘rtada BMF kamari bo‘lmasa, Maks Xollouey bilan jangni rad etadi.

"BMF kamarisiz bu jang menga kerak emas. Men Aleksandr Volkanovski bilan jang qilishim mumkin - u ko‘p narsaga loyiq. Menga kamar kerak - faqat shu sababligina bu jangga qiziqayapman. Maks hozir: "Menda ko‘p variantlar bor" demoqda. Unda xech qanday variant yo‘q.

Hozir men chempionman. Joyni va sanani men tanlayman. U shunchaki qo‘ng‘iroqni kutishi kerak. Men istagan paytda u jang qiladi", - dedi UFCning yarimengil vazn toifasidagi chempioni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!