Hujum uyushtirgan Qori Nosirning xotini qayerda?

Hujum uyushtirgan Qori Nosirning xotini qayerda?

Tojikiston xavfchsizlik xizmati ma’lum qilishicha, Dushanbe-Dang‘ara yo‘lida xorijiy velosipedchilarga qarshi hujum uyushtirgan Qori Nosir (Nosirxo‘ja Ubaydov)ning ikkinchi xotini Iroq qamoqxonasida saqlanmoqda. 43 yoshli Tojikiston fuqarosi Maxsir Sharifova 2018 yilning boshida Mosul atrofida qo‘lga olingan.

 

Tojikiston hukumati Ubaydovni Dang‘ara-Dushanbe yo‘lida sodir bo‘lgan velosipedchilarga qarshi hujumning asosiy tashkilotchisi sifatida ko‘rmoqda. O‘tgan yilning 29 iyulida ichida radikal qarashlar tarafdorlari bo‘lgan avtomobil Tojikistonda sayohat qilib yurgan xorijlik sayyohlarni quvib o‘tgan. Shundan so‘ng mashinadan tushgan erkaklar velosipedchilarga pichoq bilan hujum qilgan. Hodisa natijasida to‘rt nafar sayyoh halok bo‘lgan, ikkitasi jarohatlangan.

 

Hujum uchun javobgarlikni Islom davlati ekstremistik guruhi o‘z bo‘yniga olgan. Ammo tojik hukumati hodisada Tojikiston islom uyg‘onish partiyasini ayblamoqda.


 

Maxsir Sharifova telefon orqali muloqotda ma’lum qilishicha, Qori Nosir Suriyada o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, - deb xabar berdi Tojikiston xavfsizlik xizmati vakillari. Ayol erini 2018 yilning boshida, hibsga olinishidan bir necha oy avval ko‘rganini aytgan. Maxsir Sharipovaning aytishicha, Islom davlati guruhida Qori Nosir mafkuraviy masalalar bilan shug‘ullangan va janglarda shaxsan ishtirok etmagan.

 

Maxsira Sharifovaning akasi Abdullo Sharifov Farxod tumanida yashaydi. Men singlim Iroqda hibsga olinganini Dang‘arada sodir bo‘lgan terrorchilik hujumidan keyin bilib qoldim. Keyin maxsus xizmat vakillari kelib mendan singlim haqida so‘rashdi , - degan u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxsira Sharifova Qori Nosirga 2000 yili Eronda yashirincha turmushga chiqqan.

Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan va 2018 yil 4 sentyabrda efirga uzatilgan  Girdob  ko‘rsatuvida Dang‘arada velosipedchilarga hujum qilgan guruh rahbari Husayn Abdusamadov Nosir Qori yordamida Eronda o‘qib kelgan.  Iyun oyida Qori Nosir meni chaqirib, Tojikisonda dunyo miqyosida terrorchilik hujumi uyushtirishimni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikison islom uyg‘onish partiyasi Tojikistondagi vaziyatni beqarrlashtirishni istaydi. Bizga sayyohlarga hujum qilish buyurildi va 100 ming rubl to‘landi , - deydi Abdusamadov.

O‘tgan yilning noyabr oyida Dushanbe sudi Xusayn Abdusamadga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi. U jinoyat qonunchiligidagi o‘nlab moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Tojikison islom uyg‘onish partiyasi ushbu teraktdagi ishtirokini butunlay rad etmoqda. Partiya yetakchisi Muhiddin Kabiriy bir necha marta Dushanbening ayblovi aslida haqiqiy aybdorlarni ko‘zdan pana qilish maqsadida qilinayotganini ta’kidlagan.

Tojikiston Iroqdan 92 go‘dak va 43 nafar ayolni olib kelmoqchi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Maxsir sharifova ham vataniga qaytishida yordam berishlarini so‘ragan.
ca-news.org

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!