Tojikiston va Xitoy temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda

Tojikiston va Xitoy temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda

Umumiy uzunligi 171 km bo‘lgan «Spitamen – Istaravshan» va «Spitamen – Istiqlol» temir yo‘llarini qurish masalalari Sug‘d viloyati raisi Rajabba Ahmadzoda va Pekin fan, texnologiya va tadqiqot instituti prezidenti Chen Xe boshchiligidagi bir guruh xitoylik mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda XOVAR xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘ylab temir yo‘l qurilishi Tojikiston iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Temir yo‘l qurilib, foydalanishga topshirilsa, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.

Transport va kommunikasiyalar Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar avvaliga mutaxassislar, muhandislar va konstruktorlar tadqiqot olib borishi, so‘ngra temir yo‘l qurish bo‘yicha qaror qabul qilinishi haqida kelishib oldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!