Tog‘li Qorabog‘: 40 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘: 40 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi janglar oqibatida Tog‘li Qorabog‘ tinch aholisi o‘rtasida qurbonlar soni 40 nafardan oshdi.

Bu haqda 5 oktyabr kuni o‘tkazilgan brifingda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

«Qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan beri, xabarlarga ko‘ra, tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 40 nafardan oshdi, har ikki tomondan 200 dan ziyod inson jarohatlar olgan», — deya bayonot berdi BMT vakili va tomonlarni zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Dyujarrikning ta’kidlashicha, na Ozarbayjon, na Armaniston aholi uchun xalqaro yordam so‘rab murojaat qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!