TIV: Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan

TIV: Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bugun, 27 dekabr kuni Olmaota shahridagi aeroportda sodir bo‘lgan aviahalokat yuzasidan bayonot berdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulligi tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Z92100 reysi bilan Olmaotadan uchgan samolyot Nur-Sultonga qo‘nishi kerak bo‘lgan.

Bosh konsullik vaziyatni nazoratga olgan.

Avvalroq Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchragani, buning oqibatida 14 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!