Tezlikni 60 km/soatdan oshirgan haydovchilar qachondan jarimaga tortiladi?

Tezlikni 60 km/soatdan oshirgan haydovchilar qachondan jarimaga tortiladi?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov Toshkent shahri va viloyatlardagi shaharlarning markaziy ko‘chalarida harakat tezligi pasaytirilishi yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoniga ko‘ra yuqori tezlik cheklangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilib tegishli belgilar bosqichma bosqich o‘rnatiladi va ushbu ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtiriladi.

Azizxon Murodov tezlikni 60 dan oshirgan haydovchilarga qachondan jarima yozilishi borasidagi savolga javob berdi.

"Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi",–deydi YHXX axborot xizmati rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!