"Telegram’da yangi pulli funksiyalar paydo bo‘ladi

"Telegram’da yangi pulli funksiyalar paydo bo‘ladi

Telegram’ning iOS va Android uchun beta-versiyasida bir qancha yangi funksiyalar, jumladan profil holati sifatida shaxsiy kulgichlarni o‘rnatish imkoniyati topildi. Bu haqda "Durov kod" internet nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, status sifatida o‘rnatilgan kulgich yulduzcha o‘rnini egallaydi, bu foydalanuvchi Telegram Premium obunasi borligini bildiradi. Shunday qilib, yangilikdan faqat messenjerning pullik foydalanuvchilarigina foydalana oladi. Shaxsiy holat profilda ham, guruh suhbatlarida ham ismning yonida ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar taymer yordamida vaqtinchalik holatni o‘rnatishi, shuningdek, messenjerda avvalroq paydo bo‘lgan maxsus kulgichlardan reaksiya sifatida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Telegram'da tekshirilgan foydalanuvchilar, kanallar va botlar uchun belgilash katakchasi dizayni yangilangani ta’kidlangan.

Beta-testdan innovasiyalarni chiqarish vaqti haqida xabar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!