"Telegram"da yana bir ajoyib funksiya paydo bo‘ldi

"Telegram"da yana bir ajoyib funksiya paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida kanallarda postlarga izoh yozish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi

“Bugun biz kanallarda izoh berish funksiyasini ishga tushirmoqdamiz. Telegram yangilangandan keyin siz ba’zi kanallarda izohlar qoldira olasiz”, – deyilgan xabarda.

Durovning ta’kidlashicha, izohlar guruhli chatga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni izohlar muayyan kanalga biriktiriladi. Uning aytishicha, foydalanuvchilar kanallar ma’murlari ruxsat bersa, audioxabarlar, stikerlar yoki GIF suratlar ko‘rinishida izohlar qoldirishlari mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!