Tasodifmi? Obid Asomov eng so‘nggi intervyusida o‘lim haqida gapirgan

Tasodifmi? Obid Asomov eng so‘nggi intervyusida o‘lim haqida gapirgan

Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov bugun, 14 noyabr kuni 55 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Obid Asomov so‘nggi bor “Sevimli” telekanalining "Eslab-eslab" nomli dasturida ishtirok etgan edi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov ijodiga bag‘ishlangan dastur o‘tgan haftaning yakshanba kuni, 9 dekabrda efirga uzatildi. 10 dekabr kuni Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi.

Tasodifni qarangki, Obid Asomov ushbu ko‘rsatuvda qiziqchilarning kamayib borayotgani, ko‘plab xalq sevgan so‘z ustalari olamdan o‘tib ketayotgani haqida gapirgan. Bunga misol tariqasida akasi Sobit Asomovni va Hojiboy Tojiboyevni keltirgan. Qolaversa, Mirzabek Xolmedov haqida bir vaqtlarda tarqalgan shum xabarlarni yodga olib, hazillar qilgan. 

1963 yil yilning 22 oktyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan Obid Asomov nafaqat so‘z ustasi, balki qo‘li gul rassom ham edi. U sobiq Teatr va rassomchilik institutini tamomlagandi. Ko‘plab filmlar, multfilmlarni ovozlashtirish jarayonida ishtirok etdi. Tamoshabinlar u ovoz bergan "Fontomas" filmini o‘zgacha zavq bilan ko‘radi. U suratga tushgan filmlar esa allaqachon milliy kinomiz "oltin fond"idan joy olib bo‘lgan. 

Obid Asomov haqida gap ketganda, ko‘plardan chin ma’noda yaxshi inson edi degan gapni eshitasiz. Boyaqish haqiqatan ham yaxshi inson edi. Bir necha yillik taqiqdan chiqib, 2017 yilda katta tanaffusdan keyingi ilk konsertini taqdim etgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  qarorlariga muvofiq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov "Multiplikasion filmlar studiyasi" DUK direktorligiga tayinlangan edi.

Qolaversa, "Milliy" telekanalining "Kulish shart" ko‘rsatuviga mualliflik qilib kelayotgandi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!