Tarazda 18 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Tarazda 18 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Tarazda 18 yildan beri qidiruvda bo‘lgan xorijlik qo‘lga olindi.

Jambil viloyati ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 18 yildan buyon davlatlararo qidiruvda bo‘lgan va Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat PD matbuot xizmati xabar berdi.

“2006 yildan buyon ushbu fuqaroga nisbatan qo‘shni davlat hududida qasddan odam o‘ldirgani uchun davlatlararo qidiruv e’lon qilingan. Xorijiy fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda uni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga ekstradisiya qilish masalasi hal qilinmoqda. Tergov manfaati uchun boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi departament tomonidan tarqatilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!