Tanzaniyada Afrikaning eng yosh milliarderi o‘g‘irlab ketildi

Tanzaniyada Afrikaning eng yosh milliarderi o‘g‘irlab ketildi

Tanzaniyada «Afrikaning eng yosh milliarderi», tadbirkor va siyosatchi 43 yoshli Muhammad Dyudji noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.

O‘g‘rilik yuz bergan paytda Dyudji shahardagi mehmonxonalardan birida ertalabki sport mashg‘ulotlariga otlangan edi.

Jinoyatchilarning maqsadi hozircha noma’lum. Biroq polisiya ushbu jinoyatga aloqadorligi gumon qilinayotgan uch kishini hibsga olgan.

Milliarderni o‘g‘irlaganlardan ikki nafari chet el fuqarosi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, afrikalik milliarderlar orasida Dyudji 17-o‘rindan joy olgan. Uning boyligi 1,5 milliard dollar deb baholanmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!