Taniqli xonanda onasi uni o‘limdan qutqarib qolganligini aytib berdi

Taniqli xonanda onasi uni o‘limdan qutqarib qolganligini aytib berdi

Nikolay Baskov onasi xavfli gormonal dori vositalarni ichmaslikka undab hayotini saqlab qolganligini aytib berdi.

Qo‘shiqchi bu haqda Yuliya Nachalovaning o‘limiga bag‘ishlangan Salom, Andrey! teleko‘rsatuvida ma’lum qildi. Dastur mehmonlari xonandaning o‘limini muhokama qilishdi. Ko‘plab san’atkorlar agar Nachalova vaqtida shifokorga borganida, fojia sodir bo‘lmasligi mumkin edi fikr bildirishdi.

Nikolay Baskov o‘z misolida sog‘likni nazorat qilish qanchalik muhimligini tushuntirib berdi. Uning aytishicha, mashhur rus shifokori qo‘shiqchiga gormonal tabletka ichishni tavsiya qilgan.

Yaxshiyamki, onasi bu haqda o‘z vaqtida bilib qolgan. Ayol farmakologiya bo‘yicha yaxshigina mutaxassis bo‘lganligi bois o‘g‘lini bu tabletkalarni ichish kerak emasligiga ishontirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!