Talaba qiz "propiska" uchun soxta turmush qurdi

Talaba qiz "propiska" uchun soxta turmush qurdi

Volgograd davlat universitetida tahsil olgan tojikistonlik talaba soxta nikoh uchun vataniga deport qilinmoqda.

Rossiya IIV Volgograd viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 22 yashar tojikiston oliygohning aspiranturasida tahsil oladigan 24 yashar ayolga uylangan va shundan so‘ng kelajakda Rossiya fuqaroligini olish uchun Migrasiya masalalari bo‘yicha boshqarmaga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma so‘rab, ariza bergan.

Taqdim etilgan hujjatlar orasida nikoh tuzilganlik haqidagi shahodatnomani taqdim etgan.

IIV xodimlari ushbu ma’lumotni tekshirgach, yigit va qiz to‘yga qadar ham, to‘ydan keyin ham birga yashamaganliyeklarini aniqlaganlar. Shu bilan birga, qarindoshlar va kursdoshlar orasida ham biron inson bu ikki yoshning nikohdan o‘tganligidan bexabar bo‘lgan.

Sal keyin er-xotin lar soxta nikohni Rossiya fuqaroligini olish uchun tuzganliklariga iqror bo‘lishgan. Oqibatda, bu oila ajrashtirib yuborilgan.

Endi yosh yigitni Rossiyadan deport kutmoqda. Aspirant qizga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin soxta nikohlarga to‘sqinlik qiluvchi federal qonunni imzolagan edi. Xususan, hujjatda, Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan chet el fuqarosiga kvotani hisobga olmagan holda rossiyalik turar joyi bo‘yicha berilishi belgilangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!