Taekvondochimiz Pokiston turnirida oltin medalga ega chiqdi

Taekvondochimiz Pokiston turnirida oltin medalga ega chiqdi

Pokiston poytaxti Islomobod shahrida o‘tkazilayotgan V "Combaxx Asian Open Taekwondo Championships" xalqaro turnirida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarga erishdi.

Xalqaro turnirning kyorugi yo‘nalishida o‘tkazilgan bahslarda milliy terma jamoamiz a’zosi Najmiddin Qosimhojiyev 74 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun keldi va g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

"Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlaridan so‘ng taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Namanganda o‘tkazilgan xalqaro turnirdagi muvaffaqiyatidan keyin ushbu yutuqqa erishishi o‘ziga xos natija bo‘ldi.

"Parij-2024" Olimpiadasiga hozirlik ko‘rayotgan yurtimiz taekvondochilari joriy yil hisobidan 9-10 noyabr kunlari Iordaniyada o‘tadigan G2 tasnifidagi turnirda qatnashadi.

Shuningdek, dekabr oyida Angliyada o‘tadigan Gran-pri turniri, Xitoyda Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadigan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!