Tadqiqot: Styuardessalarning uchdan biriga shilqimlik qilinadi

Tadqiqot: Styuardessalarning uchdan biriga shilqimlik qilinadi

Dunyodagi turli aviakompaniyalarda xizmat qilayotgan styuardessalarning uchdan biri yo‘lovchilarning doimiy shilqimligi va jismoniy zo‘ravonligiga duch keladi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Buyuk Britaniyadagi sug‘urta kompaniyalaridan biri styuardessalar va yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma styuardessalar o‘rtasida "sizga yo‘lovchilar tomonidan shilqimlik va jismoniy zo‘ravonlik ishlatiladimi?" deb berildi.

So‘ralganlarning 38 foizi “ha” deb javob berishgan.

Yo‘lovchilarga esa "parvozlar vaqtida o‘zingiz tomoningizdan yoki boshqalarning styuardessalarga shilqimlik va jismoniy zo‘ravonlik qilingan holatlariga guvoh bo‘lganmisiz?" deyilgan savol berilgan. Yo‘lovchilarning aksariyati parvozlar paytida bunday holatga tez-tez guvoh bo‘lishlarini aytganlar. 

Styuardessalarning ma’lum qilishlaricha, ularga shilqimlik qilinishi, jismoniy kuch ishlatib tegajoqlik qilish asosan spirtli ichimlik ichib samolyotga chiqqan yoki samolyotni o‘zida spirtli ichimliklarni ko‘proq ichgan yo‘lovchilar tomonidan sodir etiladi.

Shuningdek, styuardessalarning 46 foizi jismoniy kuch ishlatib shilqimlik qiladigan yo‘lovchilardan tashqari ular turli yo‘lovchilardan doim haqoratli so‘zlarni eshitishlariga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan.

Ushbu so‘rovnomani o‘tkazish tashabbuschisi bo‘lgan tadqiqotchilaridan biri Tom Bishop o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan hayratga tushganini ma’lum qildi:

"So‘rovnoma natijalarini bilganimdan keyin styuardessalarning og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotganlariga amin bo‘ldim. Ularning ishi o‘ylaganimdan ham qiyin ekan. Yo‘lovchilar parvoz vaqtida o‘zlarini tutishni o‘rganishlari kerak. Aks holda styuardessalarning ishlari yanada og‘irlashib boraveradi" , deydi u.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!