Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yollashdi. Bu "zamon" xabar berdi.

Unga ko‘ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o‘tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va «ish» bitgandan so‘ng 3 million so‘m berishni va’da qilishgan. 

Ammo «killer» o‘z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan «qotillik»dan so‘ng, asl aybdorlar qo‘lga olindi. 

Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!