Surxondaryoda dron orqali g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi

Surxondaryoda dron orqali g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramay, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon qoldiqlari yoqilishi holatlari kuzatildi.

Jumladan, viloyat Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida viloyatning Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida somon qoldiqlari yoqilishi bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi.

O‘rganishlar davomida somon qoldiqlari yoqilishi oqibatida Qumqo‘rg‘on tumanida dala chetidagi 18 tup mevali va manzarali daraxtlar, Jarqo‘rg‘on tumanida esa ihota sifatida ekilgan 154 tup tut daraxtlari kuyishiga olib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, somon poya qoldiqlari yoqilishi oqibatida atmosfera havosiga juda ko‘p miqdorda (toksik) zaharli moddalar – uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot 2 oksidi (NO2), benz(a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Olovning yuqori harorati ta’sirida tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlar yo‘qoladi. Ekinzorlarning ball boniteti keskin pasayadi va tuproq unumdorligi kamayadi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan fermer xo‘jaliklari mas’ullariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

Hozirda to‘plangan hujjatlar huquq tartibot organlariga taqdim etish uchun tayyorlanayotgani ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!