“Bavariya”ning o‘zi Kimmixdan tezroq qutulmoqchi

“Bavariya”ning o‘zi Kimmixdan tezroq qutulmoqchi

Kimmixning Myunxen klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Futbolchi “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirishni istamagan.

Shu sababli, myunxenliklar yarim himoyachini tekinga qo‘yib yuborishdan ko‘ra, bu yil 30-40 million yevroga sotishni afzal ko‘rmoqda. 29 yoshli xavbekning transfer bozoridagi narxi esa 50 million yevroni tashkil qiladi.

Agar klubga yaxshi takliflar tushmasa, Kimmix yana bir mavsum jamoada qoladi va 2025 yilning yozida jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, futbolchi faqat "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", "Real" yoki "Barselona"ga o‘tish haqida o‘ylamoqda.

O‘tgan mavsumda Bundesligada Kimmix 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!