Isroilda infeksiyadan to‘rt kishi halok bo‘ldi

Isroilda infeksiyadan to‘rt kishi halok bo‘ldi

May oyi boshidan beri isroillik shifokorlar G‘arbiy Nil isitmasi bilan kasallangan 48 ta holatni qayd etishdi, deya xabar bermoqda Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi.

48 bemordan 36 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ulardan besh nafari nafas olish apparatiga ulangan. Shu bilan birga, Isroilda G‘arbiy Nil isitmasi tarqalishidan vafot etgan bemorlar soni to‘rttaga etdi.

🗺 Qayd etilishicha, bemor odamlarning salmoqli qismi Isroilning markaziy qismida istiqomat qiladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Nil isitmasi bilan kasallanish asosan iyun-noyabr oylari oralig‘ida sodir bo‘ladi, biroq bu yil u odatdagidan ertaroq boshlangan: bu, ehtimol, Isroil va dunyodagi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakat markazida nam ob-havo kuzatilishi mumkin. Bu mintaqada chivinlar sonining ko‘payishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!