Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari YEIning Rossiya va Belarus bilan chegarasida mudofaa chizig‘ini qurishga chaqirmoqda — Reuters

Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari YEIning Rossiya va Belarus bilan chegarasida mudofaa chizig‘ini qurishga chaqirmoqda — Reuters

Mutaxassislar Rossiya va Belarus bilan 700 kilometrlik chegara bo‘ylab bunday mudofaa chizig‘ini qurish narxini 2,5 milliard yevro (2,67 milliard dollar) atrofida baholagan.

"Evropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan tashqi chegarasi bo‘ylab mudofaa infratuzilmasi tizimini qurish YEIni harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qilishning shoshilinch va muhim zarurati hisoblanadi", — deyiladi Polsha, Litva, Latviya va Estoniya rahbarlaning qo‘shma murojaatida.

Evropa Ittifoqining sharqiy chegarasida quruqlikdan mudofaa chizig‘ini qurish chaqirig‘i Gresiya va Polshaning YEI mamlakatlari havo hujumidan mudofaa tizimlarini muvofiqlashtirish tashabbusiga qo‘shimcha hisoblanadi, deb yozadi Reuters.

Taklif 27 iyun kuni Bryusselda ochiladigan Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!