Boliviyada harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga urindi

Boliviyada harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga urindi

Boliviyada harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga urindi. Prezident buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi.

26 iyun kuni harbiylar Boliviya hukumati binolari joylashgan La-Pasdagi Plaza Murilloga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi, shundan so‘ng tank saroy darvozalarini buzib kirishga urindi. Zirhli texnika va qo‘shinlar maydonda joylashtirildi.

Hujumni boshqargan Boliviya armiyasi generali Xuan Xose Suniga harbiylarning maqsadi mamlakatda demokratiyani tiklash ekanligini aytdi va siyosiy mahbuslarni qamoqdan ozod qilishga va’da berdi.

"Qurolli kuchlar Boliviyada demokratiyani qayta qurish, uni 30-40 yil davomida bir xil qarashdagi kishilar boshqarib kelayotgan tizimni emas, haqiqiy demokratiyaga aylantirish tarafdori", — dedi general Suniga prezident saroyi oldidagi nutqida.

Boliviya prezidenti Luis Arse harbiylar prezident qarorgohi joylashgan La-Pasdagi “Buyuk Xalqlar uyi”ga bostirib kirishga uringach, mamlakat xalqini davlat to‘ntarishiga urinishga qarshi chiqishga chaqirdi.

Boliviya xalqi demokratiya uchun davlat to‘ntarishiga qarshi birlashishi va safarbarlik uyushtirishi zarur. Biz to‘ntarishga urinishlar boliviyaliklarning hayotiga zomin bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — deya ta’kidladi u murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!