“Real” xo‘jayini Anchelotti o‘rniga kutilmagan murabbiy tanladi

“Real” xo‘jayini Anchelotti o‘rniga kutilmagan murabbiy tanladi

“Real” hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan 2026 yilning yarmigacha hamkorlik qiladi.

Klub prezidenti Florentino Peres keyingi bosh murabbiy masalasida bosh qotirmoqda.

Avvalroq, madridliklar klubdan yetishib chiqqan Xabi Alonsoni taklif qilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Florentino Peresning bu borada fikri o‘zgargan ko‘rinadi. TodoFichajes nashrining yozishicha, klub xo‘jayini jamoani Tomas Tuxelga topshirmoqchi.

Peresga Tuxelning yulduzlar bilan ishlash usuli juda ma’qul kelgani aytilmoqda.

Tomas Tuxel so‘nggi yillarda “Chelsi”, PSJ va “Bavariya” kabi grand klublarda bosh murabbiylik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!