Chetdan 5000 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirayotgan "ucharlar" fosh etildi

Chetdan 5000 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirayotgan "ucharlar" fosh etildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat Xavfsizligi xizmati CHQ xodimlari hamkorligida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari va aksiz markasi bo‘lmagan umumiy qiymati 60 mln. so‘mlik 5000 quti “Milano London” brendli tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!