Afg‘oniston maoshlar bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirdi

Afg‘oniston maoshlar bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirdi

Tojikiston CEOWorld Magazine onlayn-jurnaliga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi bo‘yicha jahon reytingida 196 davlat orasida 143-o‘rinni egalladi. U so‘nggi o‘n yilliklarda urush va inqirozlar tufayli parchalanib ketgan Afg‘onistondan ancha pastda joylashgan.

Jurnal mualliflariga ko‘ra, Tojikistonda o‘rtacha oylik maosh 169 dollarni tashkil qilgan.

O‘z navbatida, Afg‘oniston, CEOWorld Magazine jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, eng yaxshi natija - 205 dollarlik maosh bilan faxrlanadi. Afg‘oniston, shuningdek, qo‘shni Pokistonni (163 dollar), deyarli barcha Afrika mamlakatlarini va bir vaqtlar Janubiy Amerikaning deyarli eng boy davlati bo‘lgan Venesuelani (199 dollar) ortda qoldirdi.

🇹🇯 Markaziy Osiyoning beshta davlati orasida (Afg‘onistondan tashqari) Tojikiston oxirgi o‘rinni egalladi. Reyting bo‘yicha mintaqada yetakchi o‘rinlarni Qozog‘iston va Turkmaniston egallagan - mos ravishda 673 va 654 dollar. Undan keyingi o‘rinlarda o‘rtacha ish haqi 351 dollar bilan O‘zbekiston va 228 dollar bilan Qirg‘iziston bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!