Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida keng ko‘lamli kelishuv imzolandi

Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida keng ko‘lamli kelishuv imzolandi

25 iyun kuni Bryusselda Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat Prezident Sadir Japarovning Belgiyaga amaliy tashrifi doirasida imzolandi. Bitim siyosiy muloqotni mustahkamlash va turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishning huquqiy asosiga aylanadi.

Shartnoma, shuningdek, tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida, jumladan, mojarolarning oldini olish va inqirozlarni boshqarish, xavflarni kamaytirish, kiberxavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik, qurolsizlanish, qurol-yarog‘ nazorati va eksport nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrelning ta’kidlashicha, kelishuv Yevropa Ittifoqining Qirg‘iziston bilan umumiy qadriyatlar va manfaatlarga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishga sodiqligini ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!