“Jazolanishi kerak!”. Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Argentinaning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi

“Jazolanishi kerak!”. Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Argentinaning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Argentina terma jamoasi 2024 yilgi Amerika kubogi ochilish o‘yinining birinchi bo‘limidan so‘ng kiyinish xonasiga kirgan va ikkinchi bo‘limga kechikib chiqqan.

“Ular videolarni tomosha qilganini va biz bilan o‘yinda qanday o‘ynashni tahlil qilganini yaxshi bilaman. Ular qancha kechikdi? 20 daqiqagami? 30 daqiqagami? Ikkinchi bo‘limda qanday o‘ynash haqida o‘ylash uchun ularda qo‘shimcha vaqt bor edi. Agar shunday bo‘lishini bilganimizda, biz ham futbolchilarimizga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yana 10 daqiqa vaqt bergan bo‘lardik.

Men hakamlar shu kabi narsalarni kuzatib turishlarini istardim. Agar besh daqiqa kechiksak, jazolanamiz. Bu katta muammo. Argentina ham jazolanishi kerak, shundaymi? Bu haqda yozing. Ular ikkinchi bo‘limga 20 daqiqa kechikkani uchun jazolanishi kerak”, — deya Marshning so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Ma’lumot uchun, Kanadaga qarshi uchrashuvda Argentinaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda Argentina termasi Chili ustidan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Kanada esa Peru ustidan g‘alaba qozondi. Ikki turdan so‘ng A guruhida Argentina yetakchilikni saqlab turibdi. Kanada esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!