Rossiyada yo‘lovchi poyezdining 9 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining 9 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Komida (Rossiya) yo‘lovchi poyezdining 9 ta vagoni relsdan chiqib ketdi.

Oqibatda 40 dan ortiq odam jarohatlandi, bir kishi halok bo‘ldi. Hozirda poyezdning barcha yo‘lovchilari evakuasiya qilingan.

Poyezd 232 nafar yo‘lovchi bilan Vorkut-Novorossiysk yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga yomg‘irdan keyin temiryo‘lga zarar yetgani sabab bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!