Qodirov radikal mafkuraga qarshi turishga chaqirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Dog‘istondagi teraktlardan so‘ng xavfsizlik idoralari va huquq-tartibot idoralari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qodirov yig‘ilganlarni jamoat xavfsizligini ta’minlash, terrorizm va diniy ekstremizmning oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirishga chaqirdi.
«Alohida e’tibor Yevropa davlatlaridan kelayotgan radikal mafkuraga qarshi turishga qaratish kerak», deb yozdi Checheniston rahbari Telegram’da.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)