O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

Yurtimizda o‘tkazilgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida Xalqaro mug‘om markazi (XMM) va O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Tadbirda Xalqaro mug‘om markazi direktori, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Sohib Poshozoda institut xodimlariga Markaz faoliyati haqida ma’lumot berib, mazkur memorandum muassasalar o‘rtasidagi samarali madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy mug‘om musiqasini keng targ‘ib qilish va qator loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zDSMI rektori Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik keng rivojlanayotganini e’tirof etib, ta’lim muassasasi va XMM o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda madaniy loyihalar va konsertlar o‘tkazish muhimligiga urg‘u berdi.

Samimiy ruhda kechgan yig‘ilishda Sohib Poshozodaga O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi musiqa sohasidagi aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zDSMIning faxriy professori unvoni berildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilda Sohib Poshozoda Samarqanddagi “Sharq taronalari” festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan edi. 2018 yilda Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida ham u rahbarlik qilgan “Mug‘om” jamoasi eng yaxshi deb topilgan. Shuningdek, u 2018 yil may oyida Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida Ozarbayjon Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan konsertda ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!