Serbiya Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga ko‘z yummoqda

Serbiya Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga ko‘z yummoqda

Belgrad G‘arb davlatlariga o‘q-dorilar sotishni yashirincha oshirdi, ular pirovardida Kiyevga qurol o‘tkazdi.

Serbiya na NATOga, na Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmagan kam sonli Yevropa davlatlaridan biridir. Mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan, Serbiya rahbariyati esa Moskvaga ochiqchasiga hamdard. Shu bilan birga, Belgrad G‘arbiy Yevropa davlatlariga qurol eksport qilishda davom etmoqda.

Financial Times (FT) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda Serbiya o‘q-dorilari eksporti 800 million yevrodan oshgan. Bu qurollarning aksariyati Ukrainaga yetib kelgan – G‘arb xaridorlari Serbiya qurollarini Kiyevga qayta eksport qilgan. Shu bilan birga, Ukrainaga qurol yetkazib berishni kuzatuvchi Kil iqtisodiyot instituti ukrainaliklar qaysi serb o‘q-dorilarini olganini aniq aniqlay olmadi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 800 million yevro degan taxminni tan oldi, biroq bu bir yillik emas, 2-3 yillik ko‘rsatkichlar ekanligini aniqladi.

«Bu bizning iqtisodiy tiklanishimizning bir qismi va bu biz uchun muhim. Ha, o‘q-dorilarimizni eksport qilamiz. Biz Ukraina yoki Rossiyaga eksport qila olmaymiz... lekin amerikaliklar, ispanlar, chexlar va boshqalar bilan ko‘p shartnomalar tuzganmiz. Oxir oqibat ular bilan nima qilishsa, ularning ishi», dedi Vuchich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!