Armaniston Rossiyani Qorabog‘ni egallab olganlikda aybladi

Armaniston Rossiyani Qorabog‘ni egallab olganlikda aybladi

Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan Rossiyani Qorabog‘ni bosib olib, keyinchalik Ozarbayjonga o‘tkazishda aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya keldi», Qorabog‘ni Armanistondan «olib tashladi», «Ozarbayjonga qaytardi, keyin tark etdi, bu butun haqiqat». Grigoryan Rossiyani Qorabog‘ni «qo‘lga olishda» aybladi. «Rossiyaning ruxsatisiz urush bo‘lmaydi», dedi u.

Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning Rossiyaga qaramligi urushga olib keldi, shuning uchun siyosiy yo‘nalishning o‘zgarishi barqarorlik keltiradi.

Biroz vaqt o‘tgach, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibiga javob qaytardi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Qorabog‘ning yo‘qolishida Rossiyani ayblab, o‘z xalqini kamsitgan. Bu haqda Zaxarova Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi chog‘ida ma’lum qildi.

.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!