Fransiya sudi Suriya prezidentini hibsga olishga orderni kuchda qoldirdi

Fransiya sudi Suriya prezidentini hibsga olishga orderni kuchda qoldirdi

Parij Apellyasiya sudi Bashar Asad boshqa mamlakatlar milliy sudlarida ta’qib qilinmaslik huquqiga ega bo‘lgan davlat rahbari va faqat Xalqaro jinoiy sud kabi xalqaro sudlarning buyrug‘i bilan hibsga olinishi mumkinligini da’vo qilgan prokurorlarning shikoyatini rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, Bashar Asadni hibsga olish uchun order 2023 yilning noyabr oyida Fransiya sudi tomonidan “2013 yilda Suriyaning Duma va Sharqiy Guta shaharlarida tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llash” ayblovi bo‘yicha chiqarilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!