Ronaldu yana rekord qayd etdi

Ronaldu yana rekord qayd etdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yirik turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.

Germaniyada o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati 3-turida Gruziya bilan o‘yin portugaliyalik futbolchi uchun yubiley o‘yinga aylandi.

Asosiy tarkibda maydonga tushgan Ronaldu bu uchrashuvda birorta ham gol urmadi va 65-daqiqada almashtirildi. Bu uning Yevropa chempionatidagi 28-uchrashuvidir. U jahon chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.

Evro—2024 musobaqasida Gruziya va Portugaliya terma jamoalari F guruhida Chexiya va Turkiya bilan kuch sinashdi. So‘nggi turda Portugaliya ustidan g‘alaba qozongan Gruziya 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi. Portugaliya termasi 6 ochko bilan guruh peshqadamligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chexiya hamda Gruziya ustidan g‘alaba qozongan turklar ikkinchi o‘rinni egalladi.

Germaniyada Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion Italiya termasi Yevro—2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!