O‘zbekiston qonunchiligida 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2024 yil 1 iyuldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Normaga tayanib Daryo Uz nashri ushbu o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etmoqda.

Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

  • Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;
  • huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan prosessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashiladi.

Ayrim davlat izmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

2026 yil 1 iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:

  • elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YEIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
  • intellektual mulk ob’ekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida:

  • Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikasiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
  • avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi;
  • noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.

Ayrim kasalikka chalinganlar bepul davolanadi

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

“Shaffof qurilish” tizimida yordamchi pudat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi

Qonunchilikka ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi.

IT sohasiga ajratiladigan grantlar 1 milliard so‘mgacha oshadi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologiyalari parki tomonidan har yili o‘tkaziladigan tanlov asosida IT sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimi; quyidagi yo‘nalishlarda joriy etilmoqda:

  • istiqbolli loyiha uchun – 150 million so‘m;
  • mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyiha uchun – 300 million so‘m;
  • jahon bozoriga ixtisoslashgan loyiha uchun – 1 mlrd.

Maktab joylashgan hududlarda fotoradar o‘rnatiladi

Yo‘llar bo‘ylab joylashgan maktablar yaqinida, to‘rt va undan ortiq polosali bo‘lgan yo‘llarning piyodalar o‘tish joylarida hamda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan joylar yaqinida huquqbuzarliklarni maxsus foto va video qayd etish vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Tajriba tariqasida 5 ta shahardagi ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi

2024 yil 1 iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.

O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformasiya qilish jadallashtiriladi

2024 yil 1 iyuldan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda:

  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga bo‘ysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi;
  • korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
  • kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!