Toshkentda Spark va Skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Spark va Skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Spark avtomashinasi va Skuter ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 26 iyun kuni soat 18:30 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi NBU qarshisida haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan B.I. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Skuter mototransport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida Skuter haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!