Shimoliy Koreyada gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Shimoliy Koreyada gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Raketa Pxenyan chekkasidan uchirilgan, 250 km masofani bosib o‘tgan va Shimoliy Koreyaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida suvga qulagan. Raketa uchirilganini Janubiy Koreya harbiylari va Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tasdiqladi.

Avvalgi sinovlar 30 may kuni o‘tkazilgan edi. OAVning yozishicha, KXDR o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishi va Rossiya Federasiyasiga snaryadlarni yuborish uchun bu kabi sinovlarini oshirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!