O‘zbekistonda OTMga qancha abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda OTMga qancha abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Bilimni baholash agentligiga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 123,7 ming nafarga kam. Eng ko‘p hujjat Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.

2024−2025 o‘quv yilida hujjat topshirganlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 45 655 nafar;
  • Andijon viloyati — 67 688 nafar;
  • Buxoro viloyati — 45 583 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 83 837 nafar;
  • So‘x tumani — 1 962 nafar;
  • Jizzax viloyati — 48 276 nafar;
  • Namangan viloyati — 58 268 nafar;
  • Navoiy viloyati — 48 437 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 89 188 nafar;
  • Samarqand viloyati — 93 092 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 30 074 nafar;
  • Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 39 498 nafar;
  • Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 22 756 nafar;
  • Toshkent shahri -161 369 nafar;
  • Xorazm viloyati — 58 596 nafar.

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi avvalgi yillar bitiruvchilaridir — 483 945 nafar. Yana 410 334 nafar abituriyent 2024 yil o‘qishni bitirgan.

Ularning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • erkaklar — 431 806 nafar;
  • ayollar — 462 473 nafar.

Hujjat topshirganlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili — 784 458 nafar;
  • rus tili — 84 774 nafar;
  • qoraqalpoq tili — 22 534 nafar.
  • boshqa tillar — 2 513 nafar.

Bilimni baholash agentligi test sinovlarida ishtirok etish uchun hali to‘lov qilmaganlar borligi sabab 27 iyun sanasida statistik ma’lumotlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilingan. 2023 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1 million 18 ming nafarni tashkil etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!