Ronaldo: "Hozirgi futbol juda zerikarli"

A A A
Ronaldo: "Hozirgi futbol juda zerikarli"

Braziliyalik Ronaldo futbol zerikarli tus olganini, shu sabab hozir ko‘proq tennis ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Sobiq futbol afsonasi tennis murabbiyi Patrik Muratogluning akademiyasidagi tadbirga bordi.

"Bugun men tennisni futboldan ko‘ra ko‘proq yoqtiraman. Bu aqlbovar qilmas. Men ortiq futbol ko‘ra olmayman - u hozir juda zerikarli. Lekin, 5 soat tennis tomosha qilib o‘tirishim mumkin.

Men haftasiga 3 marta mashg‘ulot o‘tkazyapman va ancha raqobatbardosh bo‘lib qoldim. Bekxendni hisobga olmaganda tennis o‘yinim borgan sari kuchayib bormoqda", - dedi Ronaldo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!